Agrobank.uz

O‘zbekiston banklari ichida ilk bor yuridik shaxslar uchun “Onlayn kredit”

21.11.2019
 O‘zbekiston banklari ichida ilk bor yuridik shaxslar uchun “Onlayn kredit”

Joriy yilning 21 noyabr kuni poytaxtimizdagi “Hyatt Regency” mehmonxonasida Agrobankning yuridik shaxslar uchun yangi “Onlayn kredit” xizmat turi taqdimoti o‘tkazildi.
Mamlakatimiz moliya-bank tizimida yetakchi o‘rinlardan biriga ega bo‘lgan Agrobank tomonidan mijozlarga qulay va zamonaviy bank xizmatlarini joriy qilishga katta e’tibor qaratilyapti.
Taqdim etilgan yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan “Onlayn kredit” xizmat turi ham shular sirasiga kiradi.
“Onlayn kredit”dan masofadan turib “Agrobank mobile” ilovasi va “Internet bank” tizimidan smartfon, planshet yoki noutbuk orqali istalgan joyda foydalanish mumkin. “Onlayn kredit” mijoz hisob raqamidagi mablag‘larning 6 oylik aylanmasini 1 oylik o‘rtacha mablag‘ida doirasida taqdim etiladi. Bunda mijozning asosiy hisob raqami Agrobankda ochilgan bo‘lishi lozim.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, 50 million so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ kredit ta’minotisiz ajratiladi. Kredit miqdori 50 million so‘mdan yuqori bo‘lganda esa elektron sug‘urta polisi talab etiladi. Bunda ham sug‘urta polisi “Agrobank mobile” ilovasi yoki “Internet bank” tizimidan mijoz o‘ziga qulay bo‘lgan Sug‘urta kompaniyasini tanlash orqali rasmiylashtiriladi.

 

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar