Agrobank.uz

Agrobank hodimlari xalqaro kitob ko'rgazma-yarmarkasiga tashrif buyurishdi

02.10.2019
Agrobank hodimlari xalqaro kitob ko'rgazma-yarmarkasiga tashrif buyurishdi

Agrobank hodimlari xalqaro kitob ko'rgazma-yarmarkasiga tashrif buyurishdi

Mamlaktimizda kitobxonlikni ommalashtirish, aholini kitob mutolaasiga bo'lgan qiziqishlarni oshirish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida keng sa'y-harakatlar olib borilayotgani barchamizni quvontiradi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tashkil etilayotgan “TASHKENT BOOK FEST – 2019” birinchi Toshkent Xalqaro kitob ko'rgazma-yarmarkasi ham ana shu ezgu maqsad yo'lidagi amaliy ishlardandir.

Mazkur xalqaro kitob ko'rgazma-yarmarkasida xorijiy va yurtimizda faoliyat ko'rsatayotgan nashriyotlarning noshirlik ishlari va turli janrdagi mutolaa mahsulotlari tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg'otmoqda.

Ushbu xalqaro tadbirda “Agrobank” ATB xodimlari ham ishtirok etib, sohada olib borilayotgan ishlar, yurtimizda kitob mutolaasini rivojlantirish, kitob mahsulotlarini ishlab chiqarish va xalqaro aloqalar kabi yangiliklardan xabardor bo'ldi.

Bundan tashqari, taniqli adiblarning va badiiy jamoalarning chiqishlari tadbirga yanada ko'tarinkilik bag'ishlamoqda.

“Agrobank” ATB Matbuot xizmati

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar