Agrobank.uz

Agrobank xalqaro pul o‘tkazmalari tizimini yanada kengaytirdi

09.02.2019

Mamlakatimizda faol investitsion siyosatining yuritilishi, yangi islohotlarni amalga oshirilishi natijasida xorijdan yangi texnologiyalar, ilg‘or tajribalar kirib kelmoqda.

Bu jarayonda tijorat banklari o‘z innovatsion xizmatlari bilan faol ishtirok etayotganligi yanada ahamiyatli bo‘lmoqda.

“Agrobank” ATB tomonidan ham bu borada muhim qadamlar tashlanib, jahon bozorining yetakchi kompaniyalari, moliya muassasalari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish borasida amaliy ishlar qilinmoqda. 

Xususan, joriy yilning 8 fevral kuni “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki Turkiyaning “Aktif banki”ning UPT xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi. 
Endi UPT xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali mijozlar o‘tkazmalarini tez va arzon narxlarda amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, “Aktif banki” Turkiyaning eng nufuzli xususiy banklaridan biri bo‘lib, biznesni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish, shuningdek, iqtisodiy sektorda katta loyihalarni moliyalashtirishda ishtirok etib keladi.

UPT xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi Turkiyada 10 mingdan ziyod, dunyoning ko‘plab davlatlarida 400 mingdan ortiq shoxobchalariga ega.
 

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar