Agrobank.uz

Agrobank boshqarishning zamonaviy tamoyillari bo‘yicha trening mashg‘uloti o‘tkazdi

05.08.2019
Agrobank boshqarishning zamonaviy tamoyillari bo‘yicha trening mashg‘uloti o‘tkazdi

Agrobank boshqarishning zamonaviy tamoyillari bo‘yicha trening mashg‘uloti o‘tkazdi 

Hech kimga sir emaski, hozirda mamlakatimizda bo‘layotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlarda xalqimiz hayot darajasini bugungidan yaxshiroq ertasidan faravon etishdek, ulkan tashabbuslar amalda o‘z ifodasini topmoqda. 

Darvoqe, moliya-bank tizimida olib borilayotgan amaliy sa’y-harakatlarda ushbu jarayon yanada kengroq ko‘zga tashlanmoqda. 

“Agrobank” ATB tomonidan aholi va mijozlarga zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatishda innovatsion, interfaol xizmatlarni ko‘paytirish orqali sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

Xususan, Agrobank tizimida biznes-jarayonlarni transformatsiya qilish maqsadida, bank xodimlarini HR jarayonlari orqali boshqarish tizimi joriy qilinmoqda. 

Bunda bankda korporativ muhitini yaxshilash, rahbar xodimlarda liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish va shu orqali xodimlarni HR asoslari bo‘yicha boshqarish jarayonlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida tizimli amaliy ishlar olib borilmoqda.

Joriy yilning 4 avgust kuni bankning “Kumushkon” dam olish maskanida bank top-menedjerlari va tarkibiy tuzilma rahbarlari ishtirokida “Liderlik – hayot maqsadi: personalni boshqarishning zamonaviy tamoyillari” mavzusida o‘tkazilgan trening mashg‘ulotlari ham mana shu yo‘ldagi sa’y-harakatlar natijasidir.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda kechgan mashg‘ulotlarni “Training guru” kompaniyasining yuqori malakali trenerlari i.f.n. Gulnara Xisamiyeva hamda Yuliya Yakovleva olib bordilar.

Bu kabi tadbirlar orqali sohani yanada rivojlantirish, yangi yutuq va marralarni zabt etishda hamda aholi va mijozlarga zamon talablari asosida bank xizmatlarini ko‘rsatishdek muhim tashabbuslar mujassamdir. 

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

“Agrobank” ATB Matbuot xizmati

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar