Agrobank.uz

Ustozlarga ehtirom!

30.09.2019
Ustozlarga ehtirom!

Ustoz – ushbu so'z zamirida olam-olam hayotiy hikmatlar hamda ezgulikka yo'g'irilgan insoniylikning eng oliy tuyg'ulari mujassamdir. Har yili mamlakatimiz bo'ylab 1 oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni katta tantana bilan nishonlanadi.

Bu albatta, barchamiz uchun qadrli bo'lgan ustoz va murabbiylarga cheksiz hurmat va ularga ko'rsatilayotgan ehtirom namunasidir. “Agrobank” ATB Bosh ofis binosida ham bank tizimida fidokorona xizmat ko'rsatgan, bankning taraqqiy etishiga hamda bugungi kunda erishgan yutuq va muvaffaqqiyatlariga zamin yaratgan ustoz va murabbiylar ishtirokida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbir mehmonlariga bank Boshqaruv raisi R.Mamatqulov nomidan faxriy ustozlarga tashakkurnoma va qimmatbaho sovg'alar taqdim etildi. So'z olganlar tomonidan bankda uzoq va samarali xizmat qilgan, ustozlarning muvaffaqiyatli va mashaqqatli mehnatlari e'tirof etildi. Tadbir so'ngida faxriylar tomonidan minnatdorchilik so'zlari bildirilib, xozirgi kunda bank tizimida faoliyat olib borayotgan yosh navqiron avlod vakillariga soha taraqqiyotiga va iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirish yo'lidagi sa'y-harakatlarida o'z bilimi va salohiyati bilan munosib xizmat qilishlarini tilab qolishdi.

 

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar