Agrobank.uz

Agrobank: Men SPORTni tanlayman!

24.06.2019
Agrobank: Men SPORTni tanlayman!


Agrobank: Men SPORTni tanlayman!

Joriy yilning 22 iyun kuni “Agrobank” ATB tomonidan poytaxtimizdagi “Ashxobod" saylgohida “Men sportni tanlayman” shiori ostida sport-hayriya tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilayotgan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yanada faollashtirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus doirasida, ya’ni yoshlarni sportga faol jalb qilish maqsadida tashkil etildi. Ushbu hayriya tadbiriga poytaxtimizdagi 22 va 23-sonli mehribonlik uylarining 150 nafardan ortiq tarbiyalanuvchilari ham taklif etilib, ularga tashkilotchilar tomonidan sport anjomlari sovg‘a qilindi.

“Ashxobod" sayilgohida bo‘lib o‘tgan qiziqarli ko‘ngilochar dasturlarga boy bo‘lgan ushbu tadbirda taniqli san’atkorlar va iste’dodli ijodkorlar o‘z chiqishlari bilan tadbir qatnashchilariga hush kayfiyat ulashgan bo‘lsa, yosh va mahoratli sportchilarimizning namoyishlari esa barchada o‘zgacha qiziqish uyg‘otdi. Xayriya aksiyasining asosiy mexmoni bo‘lgan, nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyoga mashxur professional boks ustasi – Shoxjaxon Ergashev tashrif buyurgan bolalar uchun professional mahorat darslarini namoyish etdi.

Agrobank tomonidan o‘tkazib kelinayotgan bu kabi tashabbuslar orqali bolalarni sportga jalb etish va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, mehr ulashish, ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini shakllantirish asosiy maqsadlardan biridir.

Kelgusida bu kabi tadbirlar Agrobank tomonidan respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

"Agrobank" ATB Matbuot xizmati

 


 

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar