Agrobank.uz

Sberbank-Agrobank onlayn pul o‘tkazmalar – yanada qulay, yanada yaqin

27.11.2019
Sberbank-Agrobank onlayn pul o‘tkazmalar – yanada qulay, yanada yaqin

Sberbank-Agrobank onlayn pul o‘tkazmalar – yanada qulay, yanada yaqin
 
Poytaxtimizdagi “Hyatt regency” mehmonxonasida joriy yil 27 noyabr' kuni Agrobank tomonidan respublikamizda birinchi bo‘lib yo‘lga qo‘yilgan “Sberbank-Agrobank onlayn pul o‘tkazmalar” yangi xizmat turi taqdimoti o‘tkazildi.


Taqdimotda ommaviy axborot vositalari vakillari, bank mijozlari va hamkorlari, tijorat banklari vakillari ishtirok etishdi.


Ushbu xizmat O‘zbekiston va Rossiyaning ikkita yirik banklari, ya'ni Agrobank va Sberbank hamkorligi doirasida ishlab chiqildi. Endilikda pul o‘tkazmalari va qabul qiluvchilar pul jo‘natish va olish uchun bank filiallariga tashrif buyurishlari shart emas – endi pullar Rossiyadan O‘zbekistonga 24 soat davomida hamda dam olish kunlari ham jo‘natish mumkin.
Bugungi kunga qadar, Rossiyadan O‘zbekistonga pul yuborish – vaqtni  talab etadigan jarayon bo‘lib, bunda pulni jo‘natuvchi avval kartadagi pulni olib, keyin eng yaqin bank bo‘limiga tashrif buyurgan holda pul o‘tkazmasi tizimidan foydalangan edi. O‘z navbatida, mablag‘ni oluvchi o‘ziga eng yaqin bank filialini topishi hamda bank ish kunida vaqt ajratishi kerak edi.
Endilikda bu jarayon avtomatlashtirilgan bo‘lib, Rossiyadagi barcha Sberbank filiallarida yoki “Sberbank Onlayn” mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi. Mablag‘lar Rossiya rublini avtomatik ravishda oluvchining Agrobankda ochilgan “Humo” plastik kartasiga so‘mda o‘tkazib beriladi.
Bugungi kunda, O‘zbekistonga xalqaro pul o‘tkazmalari orqali kelayotgan mablag‘larning asosiy qismi Rossiya Federatsiyasi ulushiga to‘g‘ri kelayotganligi inobatga olinsa, Sebrbank bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikda ishlash va ishonchli sherik sifatida tanlash eng maqbul yo‘ldir.
Bu kabi sa'y-harakatlar avvalo, xizmatlar sifatining yaxshilanishiga, bank xizmatlari ommabopligiga, xizmatlar ko‘lamining oshishiga zamin bo‘lish bilan bir qatorda aholi va mijozlar uchun bank xizmatlaridan samarali foydalanishga keng imkoniyatlar yaratib beradi.
Tadbirda ommaviy axborot vositalari o‘zlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar.
 
“Agrobank” ATB Matbuot xizmati

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar