Agrobank.uz

“Agrobank” rahbariyati tadbirkorlar bilan muloqotda

09.08.2019
“Agrobank” rahbariyati tadbirkorlar bilan muloqotda

“Agrobank” rahbariyati tadbirkorlar bilan muloqotda

Xabar berganimizdek, 9 avgust kuni "Agrobank" ATB Boshqaruv raisi tomonidan Sirdaryo viloyati Guliston tumanida kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab-quvvatlash va ularga amaliy yordam ko'rsatish maqsadida  tadbirkorlar ishtirokida sayyor uchrashuv o'tkazildi. 

Uchrashuvda tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo'lgan fuqarolar hamda faoliyatini yanada kengaytirish niyatida bo'lgan kichik biznes vakillari, hamda bank mijozlari bo'lgan jismoniy shaxslar ishtirok etishdi. Jonli muloqot tarzida o'tgan uchrashuvda 50 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari o'rganib chiqildi hamda murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi.

Sayyor qabulda nafaqat tadbirkorlarni qiynab kelayotgan masalalar, shikoyatlar tinglanildi, shuningdek mijozlar tomonidan bank faoliyatini takomillashtirish  hamda mijozlarga yanada qulayliklar yaratish borasida talab va takliflar ham kelib tushdi.

Mazkur ochiq muloqotlar "Agrobank" ATB tomonidan Respublikamizning barcha hududlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

"Agrobank" ATB Matbuot xizmati

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar