Agrobank.uz

Internet saytlarida tarqatilgan habarlar yuzasidan rasmiy bayonot

29.10.2019

2019 yilning 28 oktyabr kuni qator internet saytlarida “Agrobank” ATB Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on filiali xodimi tadbirkor bilan birgalikda bank mablag‘larini talon-toroj qilganligi to‘g‘risidagi habarlar tarqatildi. Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Bosh prokuraturaning iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limiga fuqarolar A.Xolmatov, M.Pulatova, J.Almatov, Sh.Yuldashevalar bankdan issiqxona qurish maqsadida ajratilgan kredit mablag‘i asosida “To‘raqo‘rg‘on Agrotomorqa xizmati” MChJ tomonidan issiqxona qurib bermaganligi to‘g‘risida murojaat qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuraturaning iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Agrobank” ATB To‘raqo‘rg‘on filiali xodimi N.Ergashev faoliyatida yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarlik holati aniqlangandan so‘ng, ushbu xodim egallab turgan lavozimidan ozod etilib, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi joriy yilning 29 avgust kuniyoq bekor qilingan.

Shuningdek, A.Xolmatov, M.Pulatova, J.Almatov, Sh.Yuldashevalarning talon-toroj qilingan kredit mablag‘lari tadbirkor tomonidan to‘liq bankka qaytarilgan. 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Agrobank" ATB Matbuot xizmati

 

 

 

 

 

 

 

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar