Agrobank.uz

Agrobank tomonidan zamonaviy agroklasterlarga press-tur o'tkazildi

30.09.2019
Agrobank tomonidan zamonaviy agroklasterlarga press-tur o'tkazildi

Joriy yilning 26 sentyabr kuni “Agrobank” ATB tomonidan Prezidentimizning “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” g'oyasi asosida davlat va jamiyat hayotidagi muhim masalalar bo'yicha o'tkaziladigan brifing va matbuot anjumanlari rejasiga muvofiq, “Hududlarda paxta-to'qimachilik klasterlarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlarda “Agrobank” ATBning ishtiroki” mavzusiga bag'ishlab press-tur o'tkazildi. Unda “Agrobank” ATBning rahbar va xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Press-turda ta'kidlandiki, mamlakatizmida qishloq xo'jaligi tarmog'ini yanada rivojlantirish, moddiy-texnik ba'zasini mustahkamlash alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, yurtimizda paxta-to'qimachilik klasterlarni tashkil etish va shu orqali to'qimachilik sanoatini rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirishga bo'yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada “Agrobank” ATB tomonidan ham ushbu tarmoqni moliyaviy qo'llab-quvvatlash borasida keng ko'lamli sa'y-harakatlar olib borilayotgani hech kimga sir emas. Xususan, paxta-to'qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish bo'yicha bugungi kun holatiga tashkil etilgan 74 ta klaster korxonasining 33 tasi bilan Agrobank o'rtasida paxta 2019 yil hosili moliyalashtirish bo'yicha shartnomalar imzolangan. Joriy yilning 1 sentyabr holatiga “Agrobank” ATB filiallari tomonidan paxta-to'qimachilik korxonalariga paxta hosilini etishtirish qiymatining 60 foizi miqdorida 2 042,7 mlrd. so'mlik kredit ajratilgan. Ma'lumot o'rnida qayd etish joizki, paxta etishtiriladigan maydonlarni paxta-to'qimachilik korxonalarning o'zilar fyuchers shartnomasi orqali fermer xo'jaliklarida moliyalashtirish ishlari olib borilmoqda.

Press-tur davomida OAV xodimlari bankning moliyaviy ko'magida o'z ish faoliyatini boshlagan bir qator zamonaviy agroklasterlari bilan yaqindan tanishtirildi. Press-tur ishtirokchilari dastlab, Toshloq tumanida joylashgan "Expo Koller Prin Teks" MChJ ga tashrif buyurib, bu erda olib borilayotgan ishlar haqida mutaxassislardan ma'lumotlar olishdi. Ushbu zamonaviy agroklasteriga bank tomonidan paxta hosilini etishtirish uchun 36,4 mlrd.so'm kredit mablag'lari ajratilgan. Mazkur korxona paxta tolasidan ip-kalava ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxona bir yilda 3600 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega Korxona tomonidan joriy yilning shu davriga qadar 10 million AQSh dollarilik mahsulotlar Xitoy, Belgiya, Polsha davlatlariga eksport qilingan.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, bank bilan hamkorlik natijasida "Expo Koller Prin Teks" MChJ tomonidan 100dan ziyod yangi ish o'rni yaratildi. Jami korxonada bugungi kunda 1052 nafar ishchi faoliyat olib boradi. Bundan tashqari, Rishton tumanida joylashgan “Rus O'zbekteks” MChJ tashrif buyurib, bu erda olib borilayotgan ishlar haqida mutaxassislardan ma'lumotlar olishdi. Ushbu zamonaviy agroklasteriga bank tomonidan paxta hosilini etishtirish uchun 34,4 mlrd so'm hamda ip kalava to'qimachilik dastgoxlarini sotib olish uchun 945,5 ming AQSh dollari kredit mablag'lari ajratilgan. Mazkur korxona paxta tolasidan ip-kalava ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxona bir yilda 4 mln. tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxona tomonidan joriy yilning shu davriga qadar 4,8 million AQSh dollarilik mahsulotlar Xitoy, Turkiya, Belorusiya davlatlariga eksportga chiqarildi.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, bank bilan hamkorlik natijasida “Rus O'zbekteks” MChJ tomonidan 50 ta yangi ish o'rni yaratildi. Jami korxonada bugungi kunda 882 nafar ishchi faoliyat olib boradi. “Agrobank” jamoasi yurtimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlarini yanada taraqqiy ettirish, aholini tadbirkorlikka jalb etish va ularning biznes loyihalarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash, shuningdek, bank xizmatlarini yanada rivojlantirish yo'lida keng ko'lamli sa'y-haraktlarni bundan keyin ham ustuvor ravishda olib boradi.

“Agrobank” ATB Matbuot xizmati

 

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar