Agrobank.uz

Axborot xizmatlari faoliyatini yanada rivojlantirish yo‘lida

19.04.2019
 Axborot xizmatlari faoliyatini yanada rivojlantirish yo‘lida

 

Joriy yilning 18-19 aprel kunlari “Agrobank” ATB matbuot xizmati xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan “Axborot xizmatlari faoliyatiga oid nazariy va amaliy aspektlar” mavzuida tashkil etilgan o‘quv-seminarida ishtirok etishdi.

Mazkur seminarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining 70 nafarga yaqin axborot xizmati xodimlari qatnashdi.

O‘quv-seminari davomida qatnashchilar boshqaruv organlarida axborot ishining o‘ziga xos jihatlari, axborot xizmatlarining asosiy maqsad va vazifalari, turli OAV bilan ishlash prinsiplarini muhokama qilish, press-reliz tayyorlash qoidalari, matbuot anjumani va brifinglar o‘tkazish kabi qator muhim masalalar bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlashdi.

 
Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar