Agrobank.uz

Agrobank jamoasi - ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabriklaydi

27.06.2019
Agrobank jamoasi - ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabriklaydi

“Agrobank” ATB jamoasi, 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan jurnalistlarni va barcha ijod ahlini muborakbod etadi. 

Mamlakatimizda kechayotgan iqtisodiy o‘zgarishlarni, xususan, “Agrobank” ATB tomonidan olib borilayotgan ulkan ko‘lamdagi sa’y-harakatlarni, aholi va mijozlarga ko‘rsatilayotgan ko‘plab turdagi zamonaviy bank xizmatlarini keng jamoatchilikga yetkazishda va xolisona yoritilishida sizning ulkan xizmatlaringiz borligidan mamnunmiz. 

Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka hamda yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar