Agrobank.uz

Аgrobank tomonidan taʼlim muassasalari qoʼllab quvvatlanmoqda

05.03.2020
Аgrobank tomonidan taʼlim muassasalari qoʼllab quvvatlanmoqda

Yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga ustuvor vazifa sifatida qaragan har qanday mamlakat, shubhasiz, kelajak poydevori mustahkamligiga erishadi. Mamlakatimizda ham taʼlim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alohida eʼtibor qaratilib, farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi borasida ulkan ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Taʼlim va tarbiyaning asosi, poydevori esa bu – maktabdir.

Аgrobank aktsiyadorlik tijorat banki poytaxtimizning Yashnabod tumanida joylashgan, bank tomonidan otaliqqa olingan 212-sonli umumtaʼlim maktabda innovatsion faoliyatni va taʼlim dasturlarini innovatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirishga koʼmaklashish borasida ilk ishlarni boshlab yubordi.

Boshqaruv raisi Rustam Mamatqulov taʼlim muassasasiga tashrif buyurib, oʼquv jarayonlari va moddiy texnika baʼza bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif doirasida mazkur umumtaʼlim maktabi binosini rekonstruktsiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash, ularga tutash hududlarni obodonlashtirish, taʼlim maskanining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, jihozlash, jumladan, kutubxonalarni yangi adabiyotlar bilan boyitish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusini amalga oshirish va bu yoʼnalishda oʼtkaziladigan tadbirlarga homiylik qilish borasida yaqindan hamkorlikda ish olib borish maqsadida ushbu taʼlim maskani rahbariyati bilan kelishib olindi.

Bu kabi ijobiy umumxalq harakatiga aylanayotgan tashabbuslar maktablarning infratuzilmasini takomillashtirishga va taʼlim sifatini oshirishga va albatta, kelajagimiz davomchilari boʼlgan oʼgʼil-qizlarga ulkan imkoniyatlar eshiklarini ochayotganligi bilan ham ahamiyatli boʼlmoqda.

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar