Agrobank.uz

TARIXIY KO‘RGAZMALARDA INSON QADRI

08.05.2019
TARIXIY KO‘RGAZMALARDA INSON QADRI

Prezidentimizning joriy yil 24 apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi asosida yurtimiz bo‘ylab urush qatnashchilari bilan uchrashuvlar, xotira marosimlari o‘tkazilish bilan bir qatorda tarixiy qadamjolarga va muzeylarga tashriflar ham amalga oshirilmoqda.

“Agrobank” ATBning Bosh ofisi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga tashrif buyurib, u yerdagi tarixiy eksponatlar va ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdi.
Muzeydagi Temuriylar davriga oid ekspozitsiyalarida buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda Amir Temur davlati qo‘shinining tuzilishi va boshqarilishi, davlat xaritasi, janglarda ishlatilgan dubulg‘a, suvdon, qilich, gurzi, cho‘qmorlar shuningdek, Ikkinchi Jahon urushi yillariga oid ekspozitsiyalarda aks ettirilgan urushi yillaridagi vatandoshlarimizning frontda va front ortida ko‘rsatgan o‘chmas jasorat namunalari, urushda ishlatilgan qurollar, harbiy texnika hujumkor samolyot maketlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi va hozirgi O‘zbekiston Qurolli Kuchlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, ushbu tadbir doirasida bank xodimlari 9 – may Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va frontorti mehnat faxriylari xonadonlarida bo‘lib, ularning holidan xabar olinib bank rahbariyati tomonidan sovg‘alar topshirildi.

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar