Agrobank.uz

Munosabat

10.01.2020

Munosabat 

Joriy yilning 6 yanvarь kuni Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanidagi “Temur Puxtaev” fermer xoʼjaligi rahbari U.Toʼxtaevning onasi R.Mustafoqulova “Аgrobank” АTB Qiziriq filiali xodimlari tomonidan fermer xoʼjaligiga tegishli 70 million soʼm mablagʼni toʼlov hujjatlarisiz hisobdan chiqarilganligida ayblab, aybdor bank xodimlariga nisbatan tegishli chora koʼrish yuzasidan yoʼllagan “video murojaati” ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatildi.

Ushbu murojaatda keltirilgan vajlarga qonuniy baho berish maqsadida bank mutaxassislari va tegishli huquq tartibot vakillari tomonidan oʼrganish olib borildi.

Video murojaatdagi holat yuzasidan oʼrganish olib borilganda, 2020 yil 8 yanvarь holatiga fermer xoʼjaligining tegishli hisob raqamida soliq qarzdorligi mavjud emasligi, 2019 yil davomida jami 79,5 million soʼm mablagʼ soliq va boshqa majburiyatlar uchun oʼtkazilgan.

“Аgrobank” АTB Qiziriq filiali xodimlari tomonidan fermer xoʼjaligi rahbari tomonidan taqdim qilingan toʼlov topshiriqnomasiga asosan mablagʼlar soliqqa va boshqa maqsadlarga yoʼnaltirilganligi murojaatchiga qonuniy tushuntirildi.

Bu jarayonda bankning filial xodimlari tomonidan toʼlovlar qonuniy asosida oʼtkazilganligi va noqonuniy xatti-harakatlar qilmaganligini maʼlum boʼldi.

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar