Agrobank.uz

Agrobank tizimidagi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

28.01.2020
 Agrobank tizimidagi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

“Agrobank” ATB Boshqaruvi raisi Rustam Mamatqulov tizimda faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda Boshqaruv raisi tomonidan mamlakatimiz yoshlari uchun hech kimdan kam bo‘lmagan yangi avlodni tarbiyalash va ularga berilayotgan yuksak e’tibor, bu borada Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash yuzasidan bankda olib borilayotgan sa’y-harakatlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Bugunga kunga kelib Agrobank tizimida 7000 dan ortiq hodimlar faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, ularning 3000 ga yaqinini, ya’ni 40 % ini yoshlar tashkil etadi. Bu raqamlar bugungi kunda Agrobank tizimida yoshlarga bildirilgan ishonch hamda ularning jamiyat hayotida o‘z o‘rnini topishga imkon yaratilganini anglatadi.

Ushbu uchrashuv yoshlarning bir maqsad yo‘lida jipslashtirish, sohada olib borlayotgan islohotlarda faol bo‘lish, o‘z tashabbus va iqtidorlarini amalda ro‘yobga chiqarish, bilim va malakasini doimiy oshirib borish va albatta, yoshlarda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatli bo‘ldi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan uchrashuvda Boshqaruv raisi tomonidan yoshlarning takliflari, bank faoliyatini rivojlantirishga oid fikr va mulohazalari tinglandi va ma’qullandi. Yechimini kutayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilma rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi. Bunday uchrashuvlarni doimiy o‘tkazib borishga kelishib olindi.

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar