Agrobank.uz

Bayram muborak!

09.05.2019
Bayram muborak!


Kurrai zamin yaratilibdiki, insoniyat juda ko‘plab urushlarni boshidan kechirgan. Bular orasida eng qayg‘ulisi XX asr fojiasi bo‘lmish ikkinchi jahon urushidir. 

110 milliondan ortiq qurolli askar ishtirok etgan bu urushda, taxminan 60 milliondan ortiq insonlar qurbon bo‘lgan. Qonli sarhadlarda 6,5 milliondan ziyod yurtdoshlarimiz mardonavor jang qilganlar. Oliyjanob xalqimiz shu musibatlar alangasida, jang kechayotgan hududlardan ko‘chib kelgan 1,5 milliondan ortiq begunoh insonlarni o‘z bag‘riga olib, asli o‘zbek millatining xaqiqiy mehmondo‘st ekanligini butun olam tarix zarvaraqlariga jo aylagan.

Jangchi yurtdoshlarimizning o‘lmas jasorati shak-shubhasiz o‘sib kelayotgan yosh avlodni Mustaqil O‘zbekistonning shavqatli himoyachilari etib tarbiyalashda ulug‘ maktab bo‘lg‘usidir. Hech qachon dunyoda urush bo‘lmasin! Jonajon Vatanimiz O‘zbekiston osmoni doimo musaffo va tinch bo‘lsin. Tinchlikni qadriga yetib, Vatanimizning gullab yashnashi uchun o‘zimizning munosib hissamizni qo‘shaylik. Bayram muborak!
 

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar