Agrobank.uz

KITOB – ENG SAMIMIY VA SODIQ DO‘ST

01.06.2019
 KITOB – ENG SAMIMIY VA SODIQ DO‘ST

KITOB – ENG SAMIMIY VA SODIQ DO‘ST

Mamlakatimiz bo‘ylab yurtdoshlarimizni kitobxonlikka chorlash, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarni yanada oshirish va shu orqali ma’naviy dunyosini boyitish maqsadida ezgu tashabbuslar olib borilayotganligi quvonarlidir. 

Xususan, joriy yilning 31 may kuni “Agrobank” ATB Bosh ofisi va bankning Toshkent shahar filialida “Kitob uyi” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamkorligida “Kitob – eng samimiy va sodiq do‘st” mazusida kitob yarmarkasi o‘tkazildi. 

Kitoblar savdo-ko‘rgazmasida bankning rahbar va xodimlariga ilmiy-ommabop, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy, huquqiy adabiyotlar, bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan kitoblar taqdim etildi. 

Mazkur tadbir orqali bank xodimlarini kitobxonlikka chorlash, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, bo‘sh vaqtlarni mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilganligi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi.

"Agrobank" ATB Matbuot xizmati

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar