Agrobank.uz

Agrobank islomiy moliyalash bo'yicha kelishuvga erishdi!

06.07.2018
Agrobank islomiy moliyalash bo'yicha kelishuvga erishdi!

“Agrobank” aktsiyadorlik tijorat bankida Xususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha Islom korporatsiyasi vakillari bilan ikki tomonlama hamkorlik yuzasidan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Agrobank va Xususiy sektorni Rivojlantirish bo'yicha Islom korporatsiyasi o'rtasida 10 million AQSh dollari miqdorida islomiy moliyalash liniyasi bo'yicha kelishuv imzolandi.

Eng e'tiborli jihati shundaki, ushbu mablag'lar islom shariati qoidalari asosida tadbirkorlik sub'ektlarining investitsion loyihalarini moliyalashtirish uchun 5 yil muddatgacha yo'naltirilishi ko'zda tutilgan.

Tadbirda tomonlar kelgusida qo'shimcha moliyalash liniyasini jalb qilish maqsadida ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirish borasida ham kelishib olishdi.

Endilikda ushbu mablag'larni olish uchun tadbirkorlik sub'ektlari bank filiallariga murojaat etishlari mumkin.

Agrobank Matbuot xizmati

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar