Agrobank.uz

Yangi tartib asosida ipoteka kreditlari ajratish to`g`risida

07.03.2020
Yangi tartib asosida ipoteka kreditlari ajratish to`g`risida

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi PF-5886- sonli “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʼshimcha chora- tadbirlar toʼgʼrisida” gi Farmoniga muvofiq aholiga koʼp kvartirali uylardagi kvartiralarni sotib olish uchun bozor tamoyillari asosida IPOTEKА KREDITLАRI АJRАTISH TOʼGʼRISIDА

Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mablagʼlari hisobidan aholiga birlamchi uy-joy bozorida kvartirani sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1. Fuqaroning toʼlov qobiliyatidan kelib chiqib, oʼz tanlovi asosida birlamchi uy-joy bozorida sotiladigan kvartiralarni tanlaydi va pudrat tashkiloti bilan shartnoma imzolaydi.

2. Fuqaro Аgrobank filiallariga tanlangan kvartirani sotib olish uchun ipoteka krediti ajratishni soʼrab ariza bilan birgalikda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

- qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchining) pasporti asl nusxalari;

- pudrat tashkiloti bilan tuzilgan uy-joy sotib olish boʼyicha shartnoma;

- qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi) tomonidan oxirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlagan taqdirda–ishlangan davr uchun) olgan daromadlari toʼgʼrisidagi maʼlumotnomalari.

Ipoteka krediti uchun boshlangʼich badal quyidagi miqdorda shakllantiriladi:

-        qishloq joylarda – kvartira qiymatining kamida 10 foiz miqdoridagi boshlangʼich badal mablagʼlari;

-        shahar joylarda – kvartira qiymatining kamida 20 foiz miqdoridagi boshlangʼich badal mablagʼlari.

3. Bank tomonidan Potentsial qarz oluvchilarga quyidagi shartlarda ipoteka kreditlari ajratiladi:

- kredit muddati – 15 yilgacha;

- kredit foizi – bozor shartlari asosida belgilangan foiz stavkasi;

- kredit toʼlov usuli – teng miqdorlarda (annuitet usulida).

- ipoteka krediti boʼyicha imtiyozli davr belgilanmaydi.

Potentsial qarz oluvchilar quyidagi talablarda boʼlishi lozim:

a) ipoteka krediti kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʼlgan va 50 yoshdan oshmagan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi;

b) qarz yuki koʼrsatkichi, yaʼni qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari boʼyicha oʼrtacha oylik toʼlovlari miqdorining qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan oʼrtacha oylik daromadiga nisbati 70 foizdan yuqori boʼlmagan shaxs;

v) ipoteka kreditini ajratishni koʼrib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avvalgi olingan kreditlar boʼyicha muddati oʼtgan qarzdorligi mavjud boʼlmagan shaxs;

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar