Agrobank.uz

Agrobank – Butunjahon jamg‘arish kuni keng nishonlandi

31.10.2019
Agrobank – Butunjahon jamg‘arish kuni keng nishonlandi

Agrobank – Butunjahon jamg‘arish kuni keng nishonlandi

Hech kimga sir emaski, pulni tejash, uni to‘g‘ri sarflay bilish, jamg‘arish va tasarruf etishda insondan bilim va ko‘nikmalar va albatta jamg‘arib borish sirlaridan boxabar bo‘lishlik talab etiladi.

Xabaringiz bor 31 oktyabr kuni jahon hamjamiyati tomonidan “Butunjahon jamg‘arish kuni” sifatida belgilangan. Ushbu sana munosabati bilan yurtimizning barcha hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan Agrobank tomonidan turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

Mazkur sanaga bag‘ishlab “Agrobank” ATBning Bosh ofisi va bankning hududiy boshqarmalari tomonidan biriktirilgan maktablarda
“Ochiq dars”lar hamda “Ochiq eshiklar kuni” ham tashkil etildi.

Bankka tashrif buyurgan o‘quvchilar bank faoliyati va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati, zamonaviy texnologiyalarning amaliyotda tadbiq etish jarayonlari haqida yaqindan tanishishga imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu esa yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Xususan, tadbir doirasida bankning malakali mutaxassislari tomonidan Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 173-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham “Ochiq dars” tashkil etildi. Bank xodimlari tomonidan o‘quvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida, ularga moliyaviy resurslarni jamg‘arish va oqilona boshqarish ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida tushunchalar berildi.

“Butunjahon jamg‘arish kuni” munosabati bilan maktab o‘quvchilari ishtirokida “Mening biznes g‘oyam” mavzusida insholar va referatlar tanlovlari hamda ko‘rgazamali burchaklar tashkil etildi. Tanlovda faol ishtirok etgan o‘quvchilarga bank rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari va badiy kitoblar taqdim etildi.

Quvonarlisi, o‘quvchilar kelajakda bank sohasi xodimi bo‘lish va iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirish hamda xalqimiz turmush farovonligini oshirishda munosib ishtirok etishlarini faxr bilan bayon qildilar.

"Agrobank" ATB Matbuot xizmati

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar