Agrobank.uz

AGROBANK AKSIYADORLARI DIQQATIGA!

11.06.2018
AGROBANK AKSIYADORLARI DIQQATIGA!

 

“Agrobank” ATB ma'lum qiladiki, 2018 yil 20 iyun kuni soat 10:00 da “Agrobank” ATB Bosh ofisi binosida o'z aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig'ilishini o'tkazadi.
Aksiyadorlarni ro'yxatga olish soat 09:00 dan 10:00 gacha davom etadi.
Manzil: Toshkent shahri Muqimiy ko'chasi 43-uy.
e-mail: cenbum@agrobank.uz.

KUN TARTIBI:
1.Sanoq komissiyasi a'zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2.Aksiyadorlar navbatdagi yillik umumiy yig'ilishining reglamentini tasdiqlash.
3.Bank Kengashining 2017 yil yakunlari bo'yicha hisobotini eshitish.
4. Bank Boshqaruvining 2017 moliyaviy yil yakunlari va 2018 yildagi asosiy faoliyat yo'nalishlari to'g'risida hisobotlarini ko'rib chiqish.
5.Bankning 2017 yil faoliyati yuzasidan taftish komissiyasining xulosasini ko'rib chiqish.
6.Bankda o'tkazilgan Korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini ko'rib chiqish.
7.Bankning 2017 moliyaviy yil yakuni bo'yicha yillik hisoboti, buxgalteriya balansi, foyda va zararlar hisobotini tasdiqlash hamda bank foydasini taqsimlash.
8.Bank Kengashi a'zolarini saylash.
9.Bank Taftish komissiyasi a'zolarini saylash.
10. Bank Boshqaruvi raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini 1 (bir) yil muddatga uzaytirish.
11. Bankning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
12. Bankning e'lon qilingan aktsiyalarining eng ko'p miqdorini belgilash.
13. Bank Ustaviga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish.
14. “Bank aksiyadorlarining umumiy yig'ilishi to'g'risida”gi, “Bankning Kengashi to'g'risida”gi, “Bankning Boshqaruvi to'g'risida”gi hamda “Bankning Taftish komissiyasi to'g'risida”gi Nizomlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish.
15.Bank tomonidan kundalik xo'jalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig'ilishiga qadar bitimlar tuzilishi mumkin bo'lgan affillangan shaxslar ro'yxatini tasdiqlash.

Yig'ilishda qatnashish huquqiga ega bo'lgan aksiyadorlar ro'yxati 2018 yil 13 iyun holatiga ko'ra tuziladi.
Umumiy yig'ilishga qatnashish va ovoz berish huquqiga ega aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlar vakillari esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan ma'lumot va hujjatlar bilan bank Bosh ofisi binosida ushbu e'lon berilgan kundan boshlab yig'ilish o'tkaziladigan kunga qadar soat 10:00 dan 17:00 gacha tanishishingiz mumkin. Ma'lumot uchun telefon: (0-371) 150-85-12.

 

 

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar