Agrobank.uz

Agrobank Xitoy moliya muassasalari bilan hamkorlik o'rnatmoqda

09.07.2018
Agrobank Xitoy moliya muassasalari bilan hamkorlik o'rnatmoqda

Xitoy Xalq Respublikasining “Bir makon, bir yo'l” tashabbusi doirasida “Agrobank” ATB va dunyoning yirik banklaridan bo'lgan Xitoy Sanoat-tijorat banki – ICBC o'rtasida bitim imzolandi. Ushbu imzolangan bitim joriy yil boshida Agrobank hamda Xitoy Sanoat-tijorat banki bilan hamkorlik o'rnatish yuzasidan boshlangan muzokaralar natijasidir. Unda zamonaviy asbob-uskunalar, texnika va elektron qurilmalar, yuqori texnologik uskunalar to'plamlarini sotib olish va xizmatlar ko'rsatish, shuningdek, yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirish, tabiiy resurslar, energetika zaxiralari, qurilish sohalari va boshqa yo'nalishlarni moliyalashtirish ko'zda tutilgan. Ushbu bitim uzoq muddatli kreditlar taqdim etish orqali O'zbekiston Respublikasi tadbirkorlik sub'ektlarining Xitoy Xalq Respublikasi tadbirkorlari va ishlab chiqaruvchilari bilan savdo aloqalarini mustahkamlash, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, investitsion faoliyatni, iqtisodiy hamda savdo munosabatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar