Agrobank.uz

Tadbirkorlar diqqatiga!

08.08.2019
Tadbirkorlar diqqatiga!

“Agrobank” ATB Boshqaruv raisi va o‘rinbosarlari tomonidan hududlarda kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida tadbirkorlik sub’ektlari va mijozlar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Mazkur uchrashuvlarda kichik biznes sub’ektlari tadbirkorlik jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, talab va takliflar yuzasidan bank Boshqaruvi a’zolariga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilishlari mumkin. 

Boshqaruv raisi – Mamatqulov Rustam O‘ktamovich
9 avgust kuni soat 11:00 da Sirdaryo viloyati Guliston tumani “Agrobank” filiali binosida bo‘lib o‘tadi.

Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari – Rasulov Shuxrat G‘ayratovich 
9 avgust kuni soat 11:00 da Samarqand viloyati Paxtachi tumani “Agrobank” filiali binosida hamda soat 15:00 da Samarqand shahri “Agrobank” viloyat boshqarma binosida bo‘lib o‘tadi.

Boshqaruv raisi o‘rinbosari – Mirzayev Shuxrat Shahobiddinovich
9 avgust kuni soat 11:00 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani “Agrobank” filiali binosida hamda soat 15:00 da Nukus shahri “Agrobank” viloyat boshqarmasi binosida bo‘lib o‘tadi.

Boshqaruv raisi o‘rinbosari – Amanov Ilyos Siddiqovich
9 avgust kuni soat 15:00 da Sirdaryo viloyati Guliston shahri “Agrobank” viloyat boshqarma binosida bo‘lib o‘tadi.

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar