Agrobank.uz

Aksiyadorlar yig‘ilishida kelgusi istiqbollar belgilab olindi

28.06.2019

Aksiyadorlar yig‘ilishida kelgusi istiqbollar belgilab olindi

Joriy yilning 28 iyun kuni “Agrobank” ATB Bosh ofisida bank Aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu tadbirda bankning 2018 yil yakunlari bo‘yicha faoliyati “KPMG Audit” tashqi auditorlik kompaniyasi tomonidan “ijobiy” baholanganligi va “Moody`s” xalqaro reyting agentligi tomonidan bank faoliyati reytingi yanada ko‘tarilganligi to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi. 

Yig‘ilishda 2018 yil yakunlari hamda bankning kelgusi rivojlanish istiqbollari to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi. 

Shuningdek, bankni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda, audit va konsalting yo‘nalishida yetakchi kompaniyalar jalb etildi. 

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, mazkur o‘tkazilgan Korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash ya’ni, “Toshkent” Respublika fond birjasi AJ tomonidan yuqori baholanib 904 ball, 75 foizni tashkil etdi. 

"Agrobank" ATB Matbuot xizmati
 

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar