E'lonlar
576

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining koronavirus pandemiyasi sharoitida aholini moddiy, maʼnaviy 
qoʼllab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini taʼminlash yuzasidan qabul qilinayotgan barcha Farmon va qarorlari ijrosini taʼminlash borasida «Аgrobank» tomonidan muayyan vazifalar amalga oshirilmoqda.

Bank boshqaruvi, Yoshlar ittifoqi va Kasaba uyushmasi tashabbusiga koʼra, «Saxovat va koʼmak” umumxalq harakatining mehr va muruvvat oyida bank xodimlarini ihtiyoriylik asosida himoyaga muhtoj oilalarga, nogironligi boʼlgan shaxslarga, yolgʼiz qariyalarga mehr-saxovat koʼrsatishga chaqiradi.

Joriy yilning 24 aprelь kuni «Bankir kundaligi» telegram kanalida Аgrobank xodimlarni majburlab «Saxovat va koʼmak» jamgʼarmasiga 5 kunlik ish haqi oʼtkazilmoqda rukni ostida xabarlar chiqarilgan. 

Shuni maʼlum qilamizki , «Saxovat va koʼmak» jamgʼarmasiga xodimlar tomonidan 5 kunlikkacha (xodim istagiga koʼra 1 kunlik, 2 kunlik mablagʼ ham oʼtkazilsa boʼladi) ish haqi mablagʼini oʼtkazish mutlaqo ixtiyoriydir. Muqaddas oyda himoyaga muxtoj oilalar, nogironligi boʼlgan shaxslar, yolgʼiz qolgan qariyalarga mehr-saxovat koʼrsatish maqsadida boʼlgan xodimlar oʼz xohishlari bilan ularga yordam bera olishlari uchun yaratilgan imkondir!

“Аgrobank” tizimida yoʼlga qoʼyilgan ushbu xayriya nafaqat filial, avvalo bosh ofis xodimlariga xam qaratilgan.