"Agrobank" xodimlari Turkiyada tajriba alishmoqda

"Agrobank" xodimlari Turkiyada tajriba alishmoqda
Biznes yuritishni xalqaro standartlar asosida tashkil etish, chakana xizmat turlarini rivojlantirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, xususan xodimlar ish samaradorligini baholash tizimini (KPI) yo‘lga qo‘yish maqsadida Agrobankning 30 nafar rahbar -xodimlari ayni paytda Turkiyaning T.S. "Ziraat bankasi A.Ş" da o‘quv seminarda ishtirok etishmoqda.
Shuningdek, safar doirasida xodimlar T.S. "Ziraat bankasi A.Ş" filiallarida xam bo‘lib, mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari bilan yaqindan tanishib chiqdilar.
Kelgusida xam mazkur dastur doirasida bir qancha bank xodimlarining ushbu o‘quv-seminarlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
"Agrobank" ATB Matbuot xizmati