Agrobank.uz

Agrobankda saylov qonunchiligi to‘g‘risida tadbir bo‘lib o‘tdi

15.11.2019
Agrobankda saylov qonunchiligi to‘g‘risida tadbir bo‘lib o‘tdi

Saylov qonunchiligiga qanday o`zgarishlar kiritildi?

Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab katta siyosiy jarayonlar, ya’ni saylov oldi tashvuqot ishlari boshlab yuborilgan. Bu esa o‘z navbatida saylov qonunchiligidagi yangiliklar hamda o‘zgarishlar haqida saylovchilarni yaqindan tanishtirishga turtki bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining qarori asosida mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Targ‘iboti oyligi” munosabati bilan “Agrobank” ATB Bosh ofisida “Saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlar – asosiy maqsad adolat va shaffoflik” mavzusida davra-suhbati bo‘lib o‘tdi.



Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shuhrat Polvanov, O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi o‘rinbosari Farhod Ishanqulov hamda bankning rahbar va xodimlari shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar joriy yilning 22 dekabr kuni mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan Oliy majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy kengashlari depututlariga saylovlar shunchaki, siyosiy jarayonlar emas, balki, xalqimizning, yoshlarimizning orzu-intilishlarini o‘zida ifoda etgan demokratik huquqiy davlatning uzviy belgisi, xalqning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etuvchi, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli hamda o‘ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

Shuningdek, qabul qilinayotgan qonunlar va qonunchilikdagi o‘zgarishlar, saylov jarayonidagi yangiliklar haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi.

“Agrobank” ATB Matbuot xizmati

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar