E'lonlar
475

Xabaringiz bor, respublikamiz bo‘ylab karantin cheklovlari hududlar kesimida bosqichma  - bosqich yumshatilmoqda.

Shu o‘rinda  qayd etish joizki, hozirgi paytda pandemiya bo‘lishiga qaramasdan bank filiallari, bank xizmatlari markazlari hamda o‘z o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi 24/7 ofislari orqali aholi va mijozlarga doimiy tarzda zamonaviy bank xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.

Hurmatli mijozlarimizdan karantin cheklovlari yumshatilishiga qaramasdan bankka tashrifingiz davomida tibbiy niqobda bo‘lishingiz, ijtimoiy masofani saqlagan holda, shaxsiy gigenik talablarga qa’tiy amal qilishingizni so‘raymiz.

Bugungi kunda Agrobank barcha xizmat ko‘rsatuvchi markazlarida infeksiyaning oldini olish maqsadida bank xizmatlaridan foydalanish uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan.

Jumladan, xalqaro pul o‘tkazmalari mablag‘larini mijozlar tomonidan qabul qilinishiga qulaylik yaratish, bankomatlardagi naqd pulga bo‘lgan talabdan kelib chiqib, bankning barcha filiallarida yetarli darajada naqd pul mablag‘lari bilan ta’minlanib kelinmoqda.

Shuningdek, «Agrobank mobile» ilovasiga ulangan holda «Sberbank online» hamda «Zolotaya Korona» mobil ilovalari orqali jo‘natilgan pul o‘tkazmalarini bank plastik kartalariga qabul qilish imkoniyati yo‘lga qo‘yilganini yana bir bor ta’kidlab o‘tamiz.

Qadrli mijozlar, ushbu xizmatdan foydalangan holda, Siz filial yoki bank xizmatlari markazlariga tashrif buyurib nafaqat vaqtingizni, balki naqdingizni  yo'qotmasdan onlayn tarzda masofadan turib zarur bank xizmatlarini amalga oshirishingiz mumkin.  

Sog‘liq - inson uchun ulkan boylik. Shunday ekan o‘zingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling!