E'lonlar
1212

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda bankning Shahrixon filiali tomonidan berilgan kafolat xatiga asosan tadbirkor fuqaroga 25 million so‘mlik tikuv mashinalarini bergani va tikuv mashinalari ushbu bank filiali mutasaddi xodimi ishtirokida olib ketilgan mazmundagi video tasvir qoldirilgan.

Holat o‘rganilganda video tasvirda ismi zikr etilgan fuqaroga bank filiali tomonidan kredit ajratish bo‘yicha kafolat xati berilmaganligi ayon bo‘ldi. 

Sababi, fuqaroga tuman sektor rahbarlari va tuman Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan berilgan ijobiy xulosasi yuzasidan joyiga chiqqan holda bir necha bor monitoring o‘tkazilganda ta’minotchi "Abduvali servis lyuks" MChJ tomonidan tadbirkorga tikuv mashinalari yetkazib berilmaganligi aniqlangan.

O‘tkazilgan suhbat jarayonida fuqaro masalani ta’minotchi bilan o‘zi hal etishini va bank tomonidan kredit ajratilganda uni tadbirkorlik uchun emas boshqa maqsadda ishlatilishini bayon etgan.

Shu o‘rinda aytish kerakki, bank  ajratayotgan har qanday kreditlarni maqsadli ishlatilishini nazorat qilishga haqlidir.