E'lonlar
586

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali bankning Namangan viloyati boshqarmasi xodimi va fuqaro o‘rtasida o‘zaro tortushuv aks etgan video tasvir joylashtirilgan.

Mazkur  holat yuzasidan o‘rganish olib borilganda o‘zini bloger sifatida tanishtirgan  (ismi sir tutiladi) fuqaro tadbirkorning pulini tushirib bermayapsiz, degan vaj bilan bank siriga oid ma’lumotni olishga uringan.

"Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida"gi qonunning 9-moddasida "Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirdan iborat axborotni berishlari mumkin emas" - deya ko‘rsatib o‘tilgan.

Bundan tashqari ushbu blogerning bank binosiga tadbirkorning vakili sifatida kirib kelishida va bank siriga oid ma’lumotlarni talab   qilinishida O‘zbekiston Respublikasining "Jamoatchilik to‘g‘risida"gi qonuni, "Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida"gi, "Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida"gi qonunlari talablari hamda Fuqarolik kodeksining 9-11 moddalari qoidalari buzilganligi, shuningdek, blogerning internet tarmoqlarida qilgan chiqishi natijasida Namangan viloyat boshqarma boshlig‘ining mehnat huquqlari ta’qib ostiga olinganligi  holatli mavjud bo‘lib, blogerning hatti harakatlariga nisbatan sudda da’vo ishi yuritish bo‘yicha hujjatlar tayyorlanayotganligi ma’lum qilinadi.