Yangiliklar
169

“Xalq so‘zi” gazetasining rasmiy veb-sayti orqali, "Xususiy sherik nega yakkalanib qoldi? Bunga “Agrobank”ning Kasbi tumani filiali rahbarlari aybdormi yoki mahalliy hokimlik?" sarlavhasi ostida maqola e’lon qilingan. 

Maqolada Kasbi tumanidagi “Yulduz Alijon” NTM rahbari tomonidan Xo‘jaqarliq qishlog‘ida bog‘cha qurish bo‘yicha Agrobankning mazkur tuman filialiga murojaat qilinganda, turli vajlar bilan kredit ajratish ortga surilgani, bank tomonidan qo‘yilgan talablar bajarilgandan so‘ng ham kredit ajratilmayotganligi xususida shikoyat keltirilgan.

Bank filiali mas’ullari tomonidan ushbu tadbirkorga kredit ajratilishi bo‘yicha qonun talablari asosida hujjatlaridagi kamchiliklari ko‘rsatib o‘tilgan. 

Tadbirkor tomonidan kredit olish bilan bog‘liq talablar to‘liq bajarilgandan keyin kredit ajratish masalasi ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.