Yangiliklar
88

Ijtimoiy tarmoqlarda  Jizzax viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkor 2019 yildan buyon “Agrobank”dan o‘z tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun kredit ololmayotgani, bank tadbirkordan kredit olib berish uchun kredit summasidan 5 foiz so‘rayotgani yuzasidan Prezidentga murojaat yo‘llagan.

Holat bank xodimlari tomonidan o‘rganilganida quyidagilar aniqlandi.
Ya’ni, murojaatchi bank filialiga yozma ravishda bir marotaba, ya’ni 2021 yil 15 aprelda murojaat qilgan.

Bank filiali tomonidan ushbu murojaat o‘rganilib chiqib, 2021 yil 16 aprelda murojaat muallifiga belgilangan tartibda kredit olish uchun ilova hujjatlar bilan birga yangi tartib bo‘yicha “yagona platforma” orqali qayta murojaat qilishi lozimligi haqida javob xati yuborilgan.
 
Ammo murojaatchi ilova hujjatlarni topshirmagan.

Bundan tashqari murojaatchi bank filiali xodimi undan kredit ajratilishida 5 foiz haq talab etganlik fakti o‘rganish jarayonida o‘z tasdig‘ini topmadi.

Murojaatchiga qonun talablari asosida, agar unda bank xodimlari tomonidan pora so‘ralganligini tasdiqlovchi dalillar bo‘lsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishi mumkinligi tushintirilgan.