E'lonlar
769

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Ishtixon tumani “Barlos” MFY yashovchi fuqaro Mirjalol Amirov tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida bankdan kredit ololmayotganligi to‘g‘risida murojaat qoldirgan.

Ushbu murojaat yuzasidan holat o‘rganilganda quydagilar ma’lum bo‘ldi. Ya’ni, fuqaro M.Amirovga oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazidan beriladigan xulosa olinmaganligi, ta’minotchi tomonidan mahsulot yetkazib berilmaganligi aniqlandi.

Suhbatda  mazkur fuqaroga kredit olish uchun kerakli huquqiy hujjatlar to‘liq taqdim etilganidan so‘ng Ishtixon filialining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, avval shu yo‘nalishda boshqa mijozlarga berilgan imtiyozli kreditlar qaytarilishidan tushgan mablag‘lar asosida kalendar navbati ketma-ketligida kredit ajratilishi tushuntirildi.