E'lonlar
453
Munosabat

Munosabat

Ijtimoiy tarmoq orqali bankning Ishtixon filiali xodimlari joriy yilning 21 may kuni soat 12:30 dan tushlikka chiqib 14:30 da tushlikdan qaytib kelganligi to‘g‘risida xabar joylashtirilgan.

Bu holatda mijozlar bankda kutib qolganligi bayon etilgan.

Holat o‘rganilganda filial xodimlari ajratilgan kreditlarning monitoringi yuzasidan chiqib ketganligi va qolgan xodimlar mijozlarga xizmat ko‘rsatganligi kuzatuv kamerasi orqali aniqlandi.

«Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki o‘z mijozlariga xizmat qilishdan mamnun ekanligini bildiradi hamda fuqarolardan o‘z tasdig‘ini topmagan xabarlarni tarqatmaslikni so‘raydi.