Yangiliklar
526

Munosabat 

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi o‘z “facebook” sahifasi orqali bankning Gʻuzor tuman filialidagi mavjud to‘lov kassalarining faqatgina bittasi faoliyat ko‘rsatayotgani, buning oqibatida bankda sun’iy navbatlar yuzaga kelayotgani, qish, sovuq kunlarda bankda mijozlar uchun yetarli shart-sharoit yaratilmagani tanqid ostiga olingan.

Bugungi kunda tuman markazlarida elektr energiyasi  tez-tez uzilib qolayotganligi, bank filiallarida mijozlarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatishda o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Shu ko‘rinishdagi salbiy holat Gʻuzor tumani bank filialida ham kuzatilmoqda. Bu esa aholi va mijozlarining bank xizmatlaridan foydalanishida sun’iy navbatlarning oshiga sabab bo‘lmoqda.

Hozirda mazkur filialdagi barcha to‘lov kassalari to‘liq hajimda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shu o‘rinday ta’kidlashni istardikki, hurmatli aholi va bank mijozlari Sizlar "Agrobank" mobil ilovasidan foydalanish orqali bank xizmatlaridan onlayn rejimda masofadan turib bank xizmatlaridan foydalanib ham naqtingizni, ham vaqtingizni tejang.