E'lonlar
281

Munosabat 

Ijtimoiy tarmoqlarda bankning Chiroqchi filial rahbari ish joyida yo‘q, fuqarolar kredit olish uchun bank rahbarini kelishini kutishmoqda mazmundagi xabar tarqatildi.

Mazkur holat 2021 yil 10 mart kuni soat 14:04 da fuqaroning (ismi sir tutiladi) qo‘l telefonida tasvirga olinib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan.

Holat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, ushbu filial rahbari shu kuni ish yuzasidan bankning viloyat boshqarmasida bo‘lgan. Aholi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassislari ish joyida bo‘lgan.

Xabarda keltirilgan noo‘rin fikr va ruxsatsiz video tasvirga olish ishlarni olib borilganligi yuzasidan tegishli huquq tartibot idoralariga xabar berilgan.