E'lonlar
344

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Mirshod Jo‘raqulov bankning Peshku filiali tomonidan kredit ajratilmayotganligi to‘g‘risda murojaat qoldirgan.

Holat o‘rganilganda ushbu fuqaro 2019 - yil bankning Peshku filialidan issiqxona tashkil etish maqsadida kredit olgan. Berilgan kredit foizlarni vaqtida to‘lamaganligi tufayli belgilangan tartibda shartnoma bekor qilingan.

Ushbu fuqaro tomonidan chorvachillikka kredit olish maqsadida bankka shu yilning 2 - sentabr kuni ariza bilan murojaat qilgan.

Hozirda kredit ajratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.