E'lonlar
1766

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 13 - avgust kuni fuqaro O.Himmatovaga bankning Qarshi filiali tomonidan kredit berilmayotganligi to‘g‘risida video murojaat joylashtirilgan.

Mazkur holat o‘rganilganda, fuqaro O.Himmatovaga joriy yilning 14 - avgust kuni bank filiali tomonidan belgilangan tartibda kredit mablag‘i ajratilgan.

Shuningdek, video murojaatda bank xodimlariga nisbatan bildirilgan fikrlarga asosan holat yuzasidan o‘rganish olib borilmoqda.