Yangiliklar
388
Kitob bilim manbai

Kitob bilim manbai

Bugungi kunda kitobxonlik va kitob mutolaasi bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. 

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori soha rivojida muhim qonuniy hujjat bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash va xodimlarni kitob mutolaasiga jalb etish maqsadida “Agrobank” ATB Bosh ofisi tashabbusi bilan “O‘zdavkitobsavdota’minot” va “O‘zbekiston” nashriyoti hamkorligida “Kitoblar yarmarkasi” tashkil etildi. 

Yarmarka ishtirokchilari mamlakatimiz nashriyotlari tomonidan chop etilgan turli janrdagi kitob mahsulotlari bilan tanishish va ularni xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.