Yangiliklar
526

2020 - yil 29 - sentyabrda “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda taklif etilgan nomzodlardan bank Kuzatuv kengashi yangi tarkibiga mustaqil nomzodlarni saylash masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Nomzod sifatida xalqaro bank-moliya sohasida katta tajribaga ega va xalqaro tan olingan mustaqillik mezonlariga muvofiq bo‘lgan mutaxassis tavsiya etilgan. 
Agrobank Kuzatuv kengashiga ikki nafar mustaqil nomzod saylandi. Shulardan biri  xorijiy xalqaro malakali mutaxassis.  
Xorijiy mustaqil nomzod 24-yillik tajribaga ega xalqaro toifadagi bankir, HSBC  va Merrill Lynch kabi yirik xalqaro banklarida mutaxassis va rahbar lavozimida faoliyat yuritgan hamda bugungi kunda “Maddox Consultancy” London, UK/ Luxembourg konsultantlik kompaniyasining yetakchi Konsultanti Dimitri Vladimirovich Danilenko.
«Agrobank»da amalga oshirilayotgan mazkur o‘zgarishlar xalqaro standartlariga muvofiqligini ta’kidlash mumkin. Xalqaro tajribadan kelib chiqadigan bo‘lsak, Kuzatuv kengashida xorijlik mustaqil direktorlarning paydo bo‘lishi bankdagi korporativ boshqaruv tizimining samaradorligini belgilovchi eng muhim omillardan biri sanaladi.