”O‘zimiz haqimizda” ruknining bugungi sonida o‘zining boy tarixi va go‘zal tabiatiga ega Jizzax viloyati haqida so‘z yuritsak.
♻️ Jizzax viloyati O‘zbekiston Respublikasining markaziy qismida joylashgan bo‘lib, paxta va g‘alla yetishtirish bo‘yicha mamlakatda yetakchi viloyat hisoblanadi.
❇️ Jizzax viloyati 1973 yil tashkil etilgan, 2022 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra aholisi soni 1 million 443 ming kishini tashkil etadi.
Hudud rang-barang tabiiy manzaralarga boy bo‘lib, o‘ziga xos mo‘tadil iqlimga ega. Zomin, Baxmal va Forish tog‘lari va tog‘ yon bag‘irlarida archazorlar, bodomzorlar, kamyob shifobaxsh o‘simliklar mavjud.
❇️ "Agrobank" ATB Jizzax viloyati boshqarmasi tasarrufida 12 ta filial, 3 ta bank xizmatlari markazi va 31 ta o‘z o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi 24/7 shaxobchasi mavjud.
Bank filiallari tomonidan viloyat aholisiga tezkor va sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish uchun 66 ta bankomat, 1 ta kartomat, hamda jismoniy shaxslarning naqd pullarini plastik kartaga kirim qilish va yuridik shaxslarning naqd pullarini inkassatsiya qilish uchun 1 ta ADM qurilmalari o‘rnatilgan.
❇️ Joriy yilda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida boshqarma filiallari tomonidan jami 145 mlrd.so‘m kredit mablag‘i ajratilgan. Shundan:
✅ jismoniy shaxslarga 118 mlrd.so‘m,
✅ yuridik shaxslarga 26 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilgan.
Buning natijasida 5200 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.
❇️ Jizzax viloyatida 7321 nafar fermer xo‘jaliklari mavjud bo‘lib bugungi kunda 5259 nafar fermer xo‘jaliklarini rahbar ishchi xodimlari o‘qitildi. Shundan 5118 nafariga sertifikat taqdim etildi.
❇️ 2022 yilda har bir tumanda jami 12 ta "Agromarkaz"lar tashkil qilish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda ushbu markazlarning 10 tasi o‘z faoliyatini boshlagan.
❇️ Bugungi kunda “Agrobank” ATB Jizzax viloyat boshqarmasida jami 400 nafarga yaqin xodim faoliyat yuritib kelmoqda.