Yangiliklar
902
"Fermerlar maktabi" o‘quvchilari aniq maqsad sari bilim olmoqda

"Fermerlar maktabi" o‘quvchilari aniq maqsad sari bilim olmoqda

Yildan-yilga oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabning oshishi hisobga olinib, agrar sohada qilinayotgan o‘zgarishlar tahsinga loyiq. Bu borada yerlar ajratilishi, imtiyozlar berilishi bilan bir vaqtda kadrlar tayyorlanishi ham muhim ahamiyatga egadir. Bu kabi tadbirlarda Agrobank faol ishtirok etmoqda.

“Agrobank” ATB tashabbusi bilan tashkil etilgan “Fermerlar maktabi”ning Samarqand filiali o‘quvchilari bilan suhbatlashib, o‘quv jarayoni hamda kelajakdagi rejalari haqida fikr almashdik. 

Fermerlar maktabida qanday yangi bilimlarga ega bo‘ldingiz, nimalarni o‘rgandingiz bu yerda? 

Marhabo Qurbonniyozova: – Bog‘dorchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanayotgan edik, o‘qish davomida parrandachilik va issiqxona xo‘jaligiga qiziqib qoldim. Bunda issiqxonada hamma qatori pomidor, bodring emas, balki yangi turdagi payvandtaglarga shaftoli, olma yoki bodomni payvand qilib yetkazib beramiz. 

Maktabni bitirgach qanday rejalaringiz bor?

-   Turkiyadan inkubator uskunalari olib kelmoqchiman. Bir kunlik jo‘jalarni xarid qiluvchi ham aniq,  bir nechta saboqdoshim bunday hamkorlika rozi bo‘lishdi.

-  Ushbu maktabda taxsil olish sizga yoqayaptimi?

Maftuna Sidiqova: - Ha, judayam. Bu yerda hamma sharoitlar mavjud. Darslarda qishloq xo‘jaligida hosildorlikni oshirish sirlari, mo‘l hosil olish uchun urug‘ va o‘g‘itlarni tanlash, chorva mollarini parvarishi, samarali biznes reja tuzish asoslari, yetishtirilgan mahsulotlarni zamonaviy marketing usullari orqali sotish kabi nazariy va amaliy bilimlar berilmoqda. 

-  Kelajakda qanday rejalaringiz bor, bu yerda olgan bilimlaringizni qaysi yo‘nalishda ishlatmoqchisiz?

-  Biz, shu yerda taxsil olayotgan o‘quvchilar, o‘zaro kelishib oldik. Kelajakda bir birimiz bilan hamkorlik qilmoqchimiz. Birimiz mahsulotni yetishtirsak, ikkinchimiz uni sotishni yo‘lga qo‘yamiz. Shunda bir-birimizga yaqindan ko‘mak bera olamiz. Negaki mahsulotni xaridori aniq bo‘lsa, ishlab chiqarishni shunga ko‘ra kengaytirish mumkin. Go‘sht yo‘nalishida parranda parvarishlaymiz, saboqdoshlarimdan biri ularni  izchil ravishda xarid qilishga tayyor. Unda go‘shtni qayta ishlash syexi bor  ekan.

Maktab o‘quvchilarining ko‘zidagi intilish va ishtiyoqni ko‘rib, ularga kelgusi ishlarida omad tiladik.