Yangiliklar
639

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 - yil 25 - maydagi PF-141-son “Hisob-kitob tizimini takomillashtirish va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning to‘lov intizomini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 1-bandiga muvofiq 2022 - yil 15 - iyundan boshlab xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning tijorat banklarida ochilgan qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiruvga yo‘l qo‘yilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlari tugatilishi hamda maxsus maqsadli hisobvaraqlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  qarori asosida ochilishi va yopilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, joriy yil 15 - iyun sanasidan boshlab, Vazirlar Mahkamasining yangi qabul qilinadigan qarorida ko‘rsatilmagan maxsus maqsadli hisobvaraqlardagi mablag‘larga undiruv qaratiladi.

Shunga ko‘ra, ushbu mablag‘lar bo‘yicha belgilangan to‘lovlarni 15 - iyungacha o‘tkazish choralarini ko‘rishingiz hamda ushbu sanadan boshlab, qarorga kiritilmagan maxsus maqsadli hisobvaraqlarning maqomi ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit
hisobvaraqlarga tenglashtirilishini va 2-son kartotekani so‘ndirish uchun yo‘naltirilishini ma’lum qilamiz.