
Dunyoni kulginga to‘ldir, bolajon
Mamlakatimizda har yili 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tadbirlar o‘tkazilib kelinadi.
Imkoniyati cheklangan insonlarga ko‘maklashish, ularning xolidan xabar olish millatimizga xos bo‘lgan ulkan qadriyatlardandir.
Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 66-maxsus maktabida "Agrobank" ATB tomonidan o‘tkazilgan "Dunyoni kulginga to‘ldir, bolajon!" shiori doirasida o‘tkazilgan xayriya tadbiri ham shu sanaga bag‘ishlandi.
Tadbir doirasida o‘quvchilarning xolidan xabar olinib, ularga o‘quv-qurollari, kitoblar va tibbiy gigenik vositalar topshirildi.
Bolalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.