E'lonlar
546

Joriy yilning 11 iyul, shanba kuni bankning Bosh ofisida ishlovchi xodimda koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Xodimning "COVID-19"ga topshirgan tahlili ijobiy chiqqani haqida bankka xabar yetkazilishi bilanoq, bankda ehtiyot choralari kuchaytirildi. Bu borada sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markaziga xabar berilib, bino to‘liq dezinfeksiya qilindi.

Hozirda bankning Bosh ofisida ish faoliyatini davom ettirayotgan barcha xodimlari "COVID-19"ga test topshirgan.

Bundan tashqari, bankning Mirishkor filialiga joriy yilning 10 iyul kuni koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorning kelib-ketishi natijasida, bank xodimlari, Milliy gvardiya vakillari hamda shu kuni bankda bo‘lgan mijozlar bank binosida karantinga olingan.

Shu kuni karantinga olinganlar "COVID-19"ga test topshirgan.

Shuningdek, bankning Jomboy filiali xodimlarida ham koronovirus aniqlangan va karantinga olingan.

Hozirda karantinga olinganlar sog‘lig‘i yaxshi bo‘lib, tibbiyot xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Barcha filiallarda karantin qoidalariga rioya qilgan holda bank xizmatlari ko‘rsatilishi davom etmoqda.

Aholi va bank mijozlaridan bank binosiga tashrif buyurganda, oraliq masofani saqlagan holda, tibbiy niqobda bo‘lish va sanitariya qoidalariga qat’iy amal qilishlarini so‘rab qolamiz.