Agrobank.uz

Bosh qomusimizga ehtirom

07.12.2019

Aziz do‘stlar, hurmatli hamkasblar!

 

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan bank Boshqaruvi nomidan chin qalbimdan tabriklayman va barchangizga o‘zimning eng samimiy tilaklarimni izhor etaman.

Konstitutsiya – yurtdoshlarimizning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish, O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ma’lumki, mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlarda banklarning o‘rni tobora oshib bormoqda.
 

Bu yo‘lda Prezidentimiz va Hukumatimiz tomonidan sohani yanada taraqqiy ettirish maqsadida qonun hujjatlarining qabul qilinayotgani muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
 

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 25 oktyabr kuni bank tizimini isloh qilish va banklarning investitsiyaviy faolligini oshirish borasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda tijorat banklarining oldiga qo‘yilgan vazifalarni Sizlar bilan hamjihatlikda amalga oshirayotganimizdan mamnunmiz.
 

Shuni alohida ta’kidlash zarurki, qisqa davr ichida bankimizning barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlarini bir necha barobarga oshirishga erishdik.
 

Ushbu ijobiy o‘zgarishlarda Sizlarning ham ulkan xizmatlaringiz borligini doimo sezib turamiz. Olib borilayotgan ustuvor islohotlarni har bir tarmoq misolida keltirib o‘tishimiz mumkin. Lekin, shuni barchamiz chuqur anglashimiz zarurki, hali oldimizda bajarilishi zarur bo‘lgan ulkan vazifalar turibdi.
 

Mana shu ezgu ishlar yo‘lida xalqimizning turmush farovonligini oshirish va yurtimiz iqtisodiyotini yanada taraqqiy ettirishda Sizlarga kuch-quvvat, sog‘lik-salomatlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.
Bayram barchamizga muborak bo‘lsin!
 

 

“Agrobank” ATB Boshqaruv raisi
Rustam O‘ktamovich Mamatqulov

 

 

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar