Agrobank.uz

Har bir murojaat o‘z yechimini topmoqda

05.11.2019
Har bir murojaat o‘z yechimini topmoqda

Joriy yilning 5 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Agrobank” ATB tizimida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash jarayonlari hamda ijro intizomi” mavzusiga bag‘ishlab birifing o‘tkazildi.
Brifingda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda aholi va tadbirkorlar bilan muntazam uchrashuv va muloqotlar o'tkazib borilayotgani, ularning muammolarini hal etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Xususan, joriy yilning 1 noyabr holatiga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining 88 foizi kredit masalasida, shundan 75 foizi ijtimoiy dasturlarga asosan imtiyozli shartlar asosida, garovsiz va imtiyozli foizlarda kredit ajratish, 12 foizi bank xizmatlari yuzasidan ma’lumot olish masalasidagi murojaatlarni tashkil etadi.

Bundan tashqari, aholi va tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish maqsadida “Telegram”, “Facebook” hamda “Instagram” ijtimoiy tarmoqlarida bankning rasmiy sahifalari orqali ham murojaatlar yo'llash imkoniyati mavjud. Xususan, joriy yilning ushbu davriga qadar “Telegram” messenjeri orqali 237 ta, “Facebook” ijtimoiy tarmog'i orqali 1145ta, jami 1382 ta murojaatlar tezkorlik bilan ko‘rib chiqilib, 740 tasi (54%) ijobiy hal etildi, 642 ta (46%) murojaatchiga huquqiy tushunchalar berildi.
Shuningdek, murojaatchilarga qulaylik yaratish maqsadida tizimda ishonch telefonlari hamda call-center faoliyat yuritadi. Ushbu ishonch telefonlari orqali mijozlardan 660 ta murojaatlar qabul qilinib, 241 tasi ijobiy hal etilgan, 394 ta murojaatchiga huquqiy tushunchalar berilgan.

Aholi va bank mijozlari bilan yuzma-yuz muloqot qilish maqsadida Bank Boshqaruv raisi, o‘rinbosarlari va viloyat boshqarmalari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri davomida Respublikaning 177 ta tuman va shaharlarida tadbirkorlar bilan sayyor uchrashuvlar o‘tkazildi. Mazkur o‘tkazilgan sayyor uchrashuv davomida 73 mingdan ortiq mijozlar ishtirok etib, ulardan 3,5 mingta murojaatlar kelib tushgan va murojaatlar ijobiy hal etilgan.

Tadbir so‘nggida jurnalistlar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bank mutaxassislaridan batafsil javob oldilar.
 

“Agrobank” ATB Matbuot xizmati
 

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar