Yangiliklar
1187

BOSH QOMUSIMIZGA EHTIROM

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan bank Boshqaruvi nomidan samimiy tabriklayman. 

Konstitusiya – yurtdoshlarimizning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish, O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mana shu ezguliklar yo‘lida barchangizga kuch-quvvat, sog‘lik-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz. Elimizning rizqi hamisha butun, dasturxoni to‘kin, xonadonlaridan fayzu baraka arimasin!

Mamlakatimizda qonun ustuvorligi hamisha barqaror bo‘lsin!

“Agrobank” ATB Boshqaruv raisi Rustam Mamatqulov