Yangiliklar
514
Biznes klinika - inqroz davrida biznesingiz hamkori

Savdo-sanoat palatasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda COVID-19 pandemiyasi sababli tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelgan salbiy oqibatlarni yumshatish maqsadida “Biznes-klinika” loyihasini joriy etdi.

Loyiha maqsadi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq konsultatsiyalarni berish va davlatimiz raxbarining farmonlarida nazarda tutilgan qo’llab-quvvatlash choralari haqida to’liq va ishonchli ma’lumot yetkazish.

Loyiha doirasida Palata tomonidan 1094 qisqa raqami yagona aloqa markazi orqali tadbirkorlar karantin va undan keyingi davrda davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarda berilgan imtiyoz va qo’llab -quvvatlash mexanizmlaridan to’liq foydalanish maqsadida bepul yuridik va biznes konsultatsiaylar berilib kelinmoqda.

Qolaversa, tadbirkorlar bilan doimiy aloqada bo’lish va ularni tadbirkorlik yo’nalishlarini yangiliklardan xabardor qilib borish maqsadida aloqa markazidan tashqari https://t.me/biznes_klinika telegram kanali orqali va www.bueinessinfo.uz veb-sayti ishga tushurilgan.